https://andro.io/app/ov-qissa
Ov (qissa) for  Android – Latest Version & Features app icon
Android app profile

Ov (qissa) for Android – Latest Version & Features

by

4.0 (0 ratings)
Power 100

Price

free

Version

Updated

Size

Bytes

Rate this app

How do you feel about Ov (qissa)?

Thanks for your feedback!

> 2.2k

Monthly Downloads

~$900

Estimated Cost

Screenshots

About Ov (qissa)

Bismillahir Rohmanir RohiymErta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir.
Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen.
Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen.
Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O‘zing muyassar qilg‘aysen, omiyn!Yo Tangrim, O‘zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim.
Biz gunohkor bandalaringga O‘zing hidoyat, insofu tovfiq ber...Bu tong Unet sayyorasi tashvishli xabar bilan uyg‘ondi.
Bir etagi dengizga tutash baland tog‘ siynasiga joylashgan kuzatuv maskani «1248» raqami bilan belgilangan sayyoraga yetib borgan koinot kemasining halokatga uchragani haqida ma’lumot tarqatdi.
Kema nima sababdan sayyora sathiga qulagani noma’lum edi.
Unet olimlariga ma’lum bo‘lgan narsa — fazogirlarning uchtasi halok bo‘lgan.
Birovi hayot, ammo uning-da qismati qorong‘i.O‘sha tong unetliklar taqvimida 2419 yil, erta kuz oyining o‘n birinchi kuni boshlandi.
Unetliklar «1248» sayyoraning nomi «Yer» ekanini, kemalari Yer vaqti bilan 1908 yil iyunining o‘ttizinchi tongida halokatga uchraganini keyinroq biladilar.
Tirik qolgan yagona fazogirning taqdiri esa ularga uzoq yillar noma’lum bo‘lib qolaveradi.

Share

Share Ov (qissa)

Help others discover this Android app.

Ov (qissa)

Ov (qissa)

Free

Get